Sayt test rejimda ishlamoqda!
Talabalar ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishi kerak
09:59 06.09.2025
22
Chop etish

Talabalar ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishi kerak.

Foto: Kun.uz

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
  • shaxsiy kabinetdan «Ijara to‘lovlari» bo‘limi tanlanadi;
  • «Ariza yuborish» tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Manba