Sayt test rejimda ishlamoqda!
Videoreportaj: Jizzaxda talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi
09:34 06.09.2025
16
Chop etish
Jizzax Davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ham ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ulug‘bek Mustafoyev talabalarni samimiy tabriklab, yangi o‘quv yilida barcha talabalarga muvaffaqiyat va izlanishlarda omad tiladi.

Avval Jizzax viloyatida 2 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 5 taga yetdi.

Shundan 4 tasi — davlat, 1 tasi esa nodavlat oliy ta’lim muassasasidir.

📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.