Sayt test rejimda ishlamoqda!
Videoreportaj:Jizzaxda yangi tibbiyot markazi foydalanishga topshirilish arafasida
09:28 06.09.2025
24
Chop etish
Jizzax shahri “Oqqo’rg‘onlik” MFY hududida barpo etilgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, jihozlash jarayonlari olib borilmoqda.

Qurilish-montaj ishlari Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DM buyurtmachiligida, “Agro Kvant” MCHJ pudratchiligida 95 milliard 326 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga amalga oshirilmoqda.

Markaz tarkibida, 6 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi, 4 ta operatsiya zali, 60 o‘rinli bolalar bo‘limi, 90 o‘rinli tug‘ruq kompleksi, 50 o‘rinli xirurgiya, 70 o‘rinli terapiya joy oladi.

Mazkur maskan viloyatdagi eng yirik tibbiyot muassasalaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Endilikda jizzaxliklar zamonaviy sharoitda yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling